+998 71 200 02 35

“O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash va oilaviy zo‘ravonlikni oldini olishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

15.03.2024 312

Bugun Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash va oilaviy zo‘ravonlikni oldini olishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash va oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha Respublikamizda olib borilayotgan ishlar, ularning natijadorligi, xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha mexanizmlarni yanada takomillashtirishga doir masalalarni tubdan qayta ko‘rib chiqish va yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilab olishdan iborat.

Konferensiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti, Oila va gender ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Advokatlar palatasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazidan yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Konferensiya asosiy ma’ruzalar, muhokamalar, erkin fikr almashish, tadbir ishtirokchilarining nazariy va amaliy ishlanmalari bilan tanishish tarzida olib borildi.

Ilmiy-amaliy konferensiya yakunida  gender tenglikka erishishda barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishda davlat va fuqarolik institutlarining hamkorligini mustahkamlash, oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.