+998 71 200 02 35

Asosiy faoliyat


Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining ilmiy faoliyati O‘zbekistonda “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy salohiyatni kuchaytirish, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar - falsafa doktorlari (PhD) va fan doktorlari (DSc) tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni olib borish va uning natijalarini huquqshunoslikning barcha sohalariga tadbiq etish, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan.

Ilmiy faoliyat va ilmiy tadqiqot olib borish Institutning professor-o‘qituvchilari, mustaqil izlanuvchilari, doktorantlarining eng muhim faoliyatlaridan biridir.

Institutning ilmiy faoliyat va ilmiy tadqiqoti O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, 2017-yil 16-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni, 2017-yil 22-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi, Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori, Adliya vazirligi Hay’atining 2025-yil 21-apreldagi 6/25-son qarori hamda boshqa qonun va qonunosti hujjatlariga asosan amalga oshirilmoqda.

Institutda ilmiy-tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

05.01.09 – Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik.

12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.

12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.