+998 71 200 02 35

Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar uchun navbatdagi kurslar boshlandi

21.02.2024 393

Amaldagi qonunchilik talabiga koʻra davlat organlari, tashkilotlari murojaatlar bilan ish olib boruvchi oʻz xodimlarini oʻqitishi va uch yilda kamida bir marta malakasini oshirishi belgilangan. 

Shundan kelib chiqib, Yuristlar malakasini oshirish markazida davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari uchun maxsus  oʻquv kursi tashkil etilgan.

Joriy yilning 21-22-fevral kunlari  Sog'liqni saqlash tizimi mas'ullari uchun anʼanaviy va masofaviy shaklda mashg'ulotlar boʻlib oʻtmoqda.