+998 71 200 02 35

"Ziyo ulash" aksiyasi doirasida kutubxona tashkil qilindi

19.03.2024 276

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan "Ziyo ulash" aksiyasi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Nodirabegim” mahallasida kutubxona faoliyati tashkil qilindi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, xususan, ularni vatanparvarlik va qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash maqsadida, Markaz tomonidan mahalla kutubxonasiga Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 50 dan ortiq kitoblar hadya qilindi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.