+998 71 200 02 35

Yuristlar malakasini oshirish markazi Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi

23.02.2024 414

Ilmiy kengash yigʻilishida Markazda 2023-yil davomida  amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammoli masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Tanqidiy ruhda oʻtgan majlis yakuniga koʻra Markazda yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sifatli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, taʼlim jarayoniga malakali amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb qilish, elektron taʼlim platformalari asosida oʻqishlarni samarali tashkil qilish, xalqaro hamkorlik yoʻnalishidagi ishlar va sifatli oʻquv kontentlarini tayyorlash bilan bogʻliq masalalar  boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.