+998 55 518 57 77

Xalqaro hamkorlik doirasidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

19.06.2026 33

 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi Fan qo‘mitasining “Qozog‘iston davlat xizmatining tashkiliy madaniyatini transformatsiya qilish arxitektonikasi” loyihasi rahbari, yuridik fanlar doktori, professor Binur Adamovna Taytorina ishtirokida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida “Qozog‘iston davlat xizmatining tashkiliy madaniyatini transformatsiya qilish arxitektonikasi” ilmiy loyihasi natijalari taqdim etilib, shuningdek, “Boshqaruv paradigmalarining transformatsiyasi sharoitida davlat xizmatida tashkiliy madaniyatni rivojlantirishning metodologik asoslarini yaratish” nomli monografiya taqdimoti o‘tkazildi.

Shuningdek, professor Binur Adamovna Taytorina institut tinglovchilari uchun davlat xizmatida tashkiliy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi. Mashg‘ulot davomida tinglovchilar xalqaro tajriba, zamonaviy boshqaruv mexanizmlari hamda davlat xizmatini takomillashtirishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va tavsiyalarga ega bo‘ldilar.