+998 55 518 57 77

Toshkent viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish va tizimli muammolarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

27.05.2026 53

Tadbirda Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Y.Kanyazov ham ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida davlat xizmatlarida shaffoflikni ta’minlash, inson omilini qisqartirish hamda sohalarni raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, davlat xizmatchilari uchun maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish, korrupsiyaga oid jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish masalalari boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Tadbir yakunida barcha mutasaddi rahbarlarga “korrupsiyasiz tizim”ni shakllantirish hamda aholiga ochiq va shaffof xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Malaka oshirish kurslari haqida ma‘lumot olish uchun telegram kanalga obuna bo‘ling.

Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling
+998 55 518-47-77
+998 91 191-47-84