Adliya vazirligi markaziy apparati boshqarma boshliqlari, hududiy adliya organlari rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari uchun “Kasbiy rivojlanish kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli malaka oshirish” o‘quv kursi boshlandi.
Mazkur kurs rahbar kadrlarning zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, strategik fikrlash, jamoani samarali boshqarish, liderlik salohiyatini mustahkamlash hamda kasbiy kompetensiyalarini yanada oshirishga qaratilgan.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar uchun davlat boshqaruvidagi zamonaviy yondashuvlar, samarali muloqot, qarorlar qabul qilish, inson resurslarini boshqarish va boshqa dolzarb mavzular bo‘yicha malakali mutaxassislar ishtirokida trening hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
Kurs yakunida tinglovchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarini o‘z faoliyatida samarali qo‘llash orqali adliya organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Malaka oshirish kurslari haqida ma‘lumot olish uchun telegram kanalga obuna bo‘ling.
Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling
+998 55 518-47-77
+998 91 191-47-84
|
|
|
![]() |
![]() |






