+998 55 518 57 77

Raqamli davrda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning huquqiy asoslari

27.02.2026 49

Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi, internet xizmatlari va elektron platformalarning keng qo‘llanilishi shaxsiy ma’lumotlar muomalasini keskin oshirdi. Shaxsiy ma’lumotlar turli tizimlarda yig‘ilishi, saqlanishi va qayta ishlanishi natijasida ularning daxlsizligini ta’minlash dolzarb muammo sifatida yuzaga chiqdi. Raqamli axborot texnologiyalari rivojlanib borgani sayin, shaxsiy ma’lumotlarga bo‘lgan hujumlar hamda ularning xavfsizligi masalalariga oid bo‘lgan vaziyatlar ham ortib bormoqda.

Shaxsga doir ma’lumotlar tushunchasi va huquqiy tabiati “Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga ko‘ra, shaxsga doir ma’lumotlar   muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda yoki boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborotdir. Shaxsiy ma’lumotlar o‘z ichiga ism, familiya, tug‘ilgan sana, telefon raqamlari, turar va yashash manzili, elektron pochta manzillari, biometrik, moliyaviy va ijtimoiy holatga oid ma’lumotlarni qamrab oladi.

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlarda, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 12-moddasida hech kim shaxsiy va oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashish, uy-joy daxlsizligi, xat-xabarlar siri yoki
 or-nomusi va sha’niga qilingan tajovuzlarga duchor bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan. Raqamli maxfiylik esa insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik kabi fundamental huquqlar bilan bevosita bog‘liqdir.

O‘zbekiston Respublikasida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 31-moddasida “Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joy daxlsizligi huquqiga ega” deb qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Xorijiy tajribalarga qaraydigan bolsak, GDPR vaUnutilish huquqiShaxsiy malumotlar himoyasida Yevropada qollaniladigan GDPR (General Data Protection Regulation) reglamenti bugungi kunda xalqaro standart sifatida tan olingan. Ushbu reglament malumotlar bilan tanishish, ularni togrilash, unutilish huquqi va malumotlarni qayta ishlashni cheklash kabi huquqlarni mustahkamlaydi.

GDPRning muhim jihati shundaki, u shaxsiy malumotlar buzilishida yuz beradigan holatlar va bu uchun kerakli javobgarlik va jazo choralari yuzasidan qatiy normalarni oz ichiga oladi. Masalan, 2025-yil fevral holatiga kora, Meta, Amazon va TikTok kabi yirik kompaniyalar GDPR qoidalarini buzganlik uchun yuzlab million yevro miqdorida jarimaga tortilgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlar va mavjud muammolar Ijtimoiy tarmoqlar insonlarning uzogini yaqin qilishi kabi foydasi bilan birga, shaxsiy malumotlarning xavfsizligiga xavf tugdirishi bilan salbiy jihatini ham namoyon qiladi. Bugungi kunda asosiy huquqbuzarliklar ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga oid malumotlarning himoyasizligi natijasida sodir etilayotgani aniqlangan.

Bunda asoiy tahdidlarni quyidagilar orqali ko’rishimz mukin. Kiberjinoyatchilik ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirish va shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash. Statistikaga ko‘ra, har soatda o‘rtacha 97 nafar shaxs kiberjinoyat qurboni bo‘ladi.

Fishing elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlar orqali soxta havola va fayllar yuborib, shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish. Ma’lumotlarni tijoratlashtirish ya’ni ijtimoiy tarmoqlar va qidiruv tizimlari foydalanuvchi ma’lumotlarini reklama va marketing maqsadlarida yig‘adi va qayta ishlaydi. Huquqiy bo‘shliqlar orqali O‘zbekiston qonunchiligida ijtimoiy tarmoqlardagi subyektlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizmlar haqida tushunchalar to‘liq mavjud emas.

Taklif sifatida shuni takidlash joizki O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish lozim. Raqamli muhitda shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlash nafaqat davlatning, balki shaxslarning ham majburiyatidir.

Xulosa qilib aytganda, shaxsiy ma’lumotlar himoyasi inson qadr-qimmatini himoya qilishning asosidir. Faqatgina huquqiy bazani xalqaro standartlarga moslashtirish va aholining raqamli savodxonligini oshirish orqali raqamli davr tahdidlariga munosib javob berish mumkin.

 

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash

va malakasini oshirish instituti

bosh mutaxassisi Tolipova Moxlaroyim