+998 55 518 57 77

Buyuk Britaniyada tashkil etilgan qisqa muddatli stajirovka o‘z nihoyasiga yetdi

26.05.2026 35

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilarining Buyuk Britaniyada tashkil etilgan qisqa muddatli stajirovka dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur stajirovka doirasida tinglovchilar uchun Buyuk Britaniyaning nufuzli huquqiy tashkilotlari va advokatlik firmalarida amaliy treninglar hamda uchrashuvlar tashkil etildi.

Xususan, “36 Stone”, “Mayer Brown”, “Law Society” hamda boshqa yetakchi advokatlik firmalarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, xalqaro huquq amaliyoti, yuridik xizmatlar ko‘rsatish tizimi va zamonaviy yuridik tajribalar yuzasidan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Stajirovka davomida tinglovchilar zamonaviy yuridik tajribaga ega boʻlish, xorijiy ekspertlar bilan muloqot qilish, xalqaro tajribani o‘rganish hamda professional aloqalarni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Malaka oshirish kurslari haqida ma‘lumot olish uchun telegram kanalga obuna bo‘ling.

Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling
+998 55 518-47-77
+998 91 191-47-84