+998 55 518 57 77

OLTI OYLIK QAYTA TAYYORLASH KURSI KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI E’LON QILINDI!

12.06.2026 212

2026-yilning 8-11 iyun kunlari o‘tkazilgan qayta tayyorlash kurslariga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.  

Nizom talablariga asosan qabul o‘rinlari doirasida yuqori ball olgan 100 nafar (o‘zbek guruhi) talabgorlar o‘qishga tavsiya etildi.  

Imtihon natijalariga ko‘ra o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlar 2026-yil
15-17-iyun kunlari to‘lov shartnomalarini rasmiylashtirish yuzasidan Institutning Marketing va buyurtmachilar bilan aloqalar bo‘limiga (+99855
518-47-77) murojaat qilishlari shart.

Institut imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, kirish imtihoni natijalariga ko‘ra qabul qilinmagan talabgorlar qo‘shimcha ravishda tabaqalashtirilgan
to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin. Buning uchun yuqorida ko‘rsatilgan muddatlarda ariza bilan murojaat qilishlari lozim.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori imtihon natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha (17 003 252 so‘m) qabul kvotalari chegarasiga:

1 ball yetmaganlar uchun – 18 003 252 so‘m;

2 ball yetmaganlar uchun – 19 003 252 so‘m;

3 ball yetmaganlar uchun – 20 003 252 so‘m;

4 ball yetmaganlar uchun – 21 003 252 so‘m;

5 ball va undan ko‘p ball yetmaganlar uchun 35 000 000 so‘m etib belgilangan.

Qo‘shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan talabagorlar belgilangan muddatlarda to‘lov-kontrakt shartlari to‘liq bajarilgandan so‘ng Institut direktorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.

Kurslarda o‘quv jarayonlari 2026-yilning iyul-dekabr oylarida masofaviy ta’lim  shaklida tashkil etiladi.

NATIJALAR!!!