+998 71 200 02 35

Ish haqingiz kechiktirilganda foiz undirilishini bilasizmi?

23.06.2025 69

 

Mehnat kodeksining 333-moddasida ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to’lash muddatini buzsa qanday chora qo‘llanishi belgilangan.

 Jumladan, mazkur moddaga binoan, agar ish beruvchi tomon haqiqatidan ham yuqoridagi kabi holatni sodir etsa, beriladigan haqdan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʻsha vaqtda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda, foizlar (pulli kompensatsiya) ham to‘lashi shart.

 Bunda foiz toʻlov muddatidan keyingi kundan boshlab hisoblab boriladi. Maosh toʻlash sanasi har oyning 2 kuni etib belgilangan boʻlsa va maosh oyning 10-sanasida toʻlansa, unda ish beruvchi har bir kechikkan kun uchun kompensatsiya toʻlaydi. Mazkur misol bilan tushuntirganda, 3-sanadan to 10-sanagacha boʻlgan har bir kun uchun foiz toʻlanadi. Shu hisobda, ish beruvchi haq toʻlash tartibini buzgani uchun xodimning oyligiga qoʻshib yana “jarima puli” ham toʻlayd

 Uning miqdodi qancha? Xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan pulli kompensatsiyaning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida belgilanadi. Pulli kompensatsiyaning miqdori jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasi bilan oshirilishi mumkin. Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasi 2025-yil 24-apreldan hozirgi kunga qadar 14 foiz etib belgilangan, ya’ni ish haqi kechiktirilgan kun uchun pullik kompensatsiya miqdori 1,4 foizni tashkil etadi.

 Kompensatsiya bermasa nima qilish kerar?

Agar ish beruvchi ish haqi va kompensayani to‘lamasa, quyidagilarni qilishingiz mumkin. Avvalo, ish beruvchiga yozma murojaat qiling va ish haqingiz hamda kechiktirilgan kunlar uchun kompensatsiyani talab qiling. Agar natija bo‘lmasa, sudga da’vo arizasi yozib, ish haqi va kompensatsiyani undirishni so‘rashingiz mumkin. Da’vo arizasiga ish haqi to‘lanmaganini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilish zarur.

 Shuningdek, Adliya vazirligining onlayn platformalari yoki Bandlik vazirligiga murojaat qilib, huquqlaringiz buzilganini bildiring.

Yangi qo‘shilgan 253-moddada ish haqini to‘lash muddatlar bergilandi. Unga ko‘ra, xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilandi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas.

Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan ikki qismga bo‘lingan holda (bo‘nakda va qolgan qismi miqdorida) to‘lanadi.

Ish haqi to‘lanadigan kun dam olish kunigi yoki ishlanmaydigan bayram kuniga to‘giri kelib qolganda ish haqi ushbu kunlar arafasida to‘lanadi. Xodimga tegishi bo‘lgan ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi va miqdori boshqa to;lovlarni amalga oshirshga hamda ularning navbatiga bog‘liq qilib qo‘yilmasligi kerak.

 Ish beruvchi ish haqi to‘lash kechiktirilgani uchun xodim oldida ushbu kodeksga kiritgan 333-moddaga ko‘ra moddiy javobgar bo‘ladi.

 Xabaringiz bor, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi olti oydan so‘ng kuchga ki­radi. U mehnat bozoridagi barcha ishtirokchilarning huquq va majburi­yatlari aks ettirgani bilan avvalgi ko­deksdan tubdan farq qiladi. Shuningdek, 180-modda 2-bandida shunday qoi­da aks ettirildi: “Ish beruvchi tomonidan xodimning nomiga dog‘ tushiradigan va haqiqatga to‘g‘ri kel­maydigan ma’lumotlar tarqatilgan taqdirda, ish be­ruvchi ushbu ma’lumotlarni rad etishi shart”.

Kodeksda aks etgan yana bir muhim yangilik, bit­ta tashkilotda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til berish tartibi joriy etilganidir. Dunyoning aksari­yat mamlakatlarida mehnat ta’tilining davomiyligi xodimning ma’lum bir tashkilotdagi ish stajidan ke­lib chiqib o‘rnatilishi belgilangan. Yangi kodeksining 220-moddasida qo‘shimcha ta’til xodimning bitta tashkilotda yoki tarmoqdagi to‘liq har 5 yillik ish staji uchun 2 kunga, lekin jami 8 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga ko‘paytirildi.

Bundan tashqari, hujjatda ish beruvchining ish haqini kechiktirish uchun javobgarligi kechiktirilgan har bir kun uchun qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida belgilanmoqda. Bu o‘z navbatida, xori­jiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, bu norma ish beruvchining asosiy majburiyatlaridan biri bo‘lgan – xodimga o‘z vaqtida haq to‘lashga turtki bo‘ladi.

Yangi kodeksda ish beruvchining huquq va majburiyatlariga ham yanada aniq­lik kiritildi. Jumladan, 24-moddada ish beruvchi quyidagi huquqlarga egaligi belgilab berildi. Ya’ni bosh­qa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish hamda bekor qilish, jamoa mu­zokaralari tashabbusi bilan chiqish va jamoa shartnomalarini tuzish nazarda tutildi. Xodimlarni ular tomonidan ham ish beruvchi­ga bevosita yetkazilgan, ham boshqa shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash natijasida ish beruvchida yuzaga kelgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqiqiy zarar uchun moddiy javobgarlikka tortish, ichki hujjatlarni qabul qilish bel­gilandi.

Bundan tashqari, yana bir yangi norma – o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida ish beruvchilar birlashmalarini tashkil etish hamda ularga a’zo bo‘lish huquqi ta’minlandi. Shuningdek, Mehnat kodeksida homilador ayollarni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmasligi, bolani parvarishlash ta’tilidan foydalanayotgan xodimga yillik mehnat ta’tili, uning xohishiga ko‘ra, bolani par­varishlash ta’tilidan oldin yoxud undan keyin berilishi kabi imkoniyatlar yaratilmoqda.

 Ya’ni, ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddati buzgan taqdirda, ulatning to‘lash muddatidan keying kundan e’tibiran to haqiqatda hisib-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirgan kun uchun Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirsh stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pullik kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart.

Ish beruvchi oylik ish haqini yoki xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lavlarni to‘lashning kechiktirilshida aybi bor-yo‘qligidan qat’i nazar uni to‘lashga majbur bo‘ladi.

 

Marketing va buyurtmachilar bilan aloqalar bo‘limi.

Katta mutaxassis: M. Ruzimuxamedova