+998 71 200 02 35

6 oylik qayta tayyorlash kursi kirish imtihonlari natijalari e'lon qilindi!

14.06.2025 303

2025-yilning 10-13-iyun kunlari o'tkazilgan qayta tayyorlash kurslariga kirish imtihonlari natijalari e'lon qilindi.  

Nizom talablariga asosan qabul o'rinlari doirasida yuqori ball olgan 125 nafar (o'zbek guruhi) va 25 nafar (rus guruhi) talabgorlar o'qishga tavsiya etildi.  

Imtihon natijalariga ko'ra o'qishga tavsiya etilgan talabgorlar 2025-yil 16-18-iyun kunlari to'lov shartnomalarini rasmiylashtirish yuzasidan Institutga murojaat qilishlari shart.  

Belgilangan qabul o'rinlari doirasida o'qishga tavsiya etilmagan talabgorlar Institut imkoniyatlaridan kelib chiqib tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin. Buning uchun yuqorida ko'rsatilgan muddatlarda ariza bilan murojaat qilishlari lozim.  

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori imtihon natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha (16 216 165 so‘m) qabul kvotalari chegarasiga:

1 ball yetmaganlar uchun – 17 216 165 so‘m;

2 ball yetmaganlar uchun – 18 216 165 so‘m;

3 ball yetmaganlar uchun – 19 216 165 so‘m;

4 ball yetmaganlar uchun – 20 216 165 so‘m;

5 ball va undan ko‘p ball yetmaganlar uchun 35 000 000 so‘m etib belgilangan.

Qo‘shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan talabagorlar belgilangan muddatlarda to‘lov-kontrakt shartlari to‘liq bajarilgandan so‘ng Institut direktorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.

Kurslarda o‘quv jarayonlari 2025-yilning iyul-dekabr oylarida tashkil etiladi.

NATIJALARNI KO‘RISH