Oʻquv-uslubiy boʻlimi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2025-yil 19-martdagi 171-son qarori bilan tashkil qilingan.
Bo`lim o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Adliya vazirligining qaror va bo`yruqlari, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlari, Institut Ustavi, Institut kengashi qarorlari, Institut direktorining bo`yruqlariga amal qiladi.
Bo`lim Institutning tarkibiy tuzilmasining bo`g`ini hisoblanadi va uning tarkibi Institut tuzilmasiga asosan belgilanadi.
Bo`lim Institut direktori hamda direktorning birinchi o`rinbosariga bo`ysunadi.
Bo`lim tarkibi bo`lim boshlig`i va bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassislardan iborat.
Bo`lim tashkil etilgan paytdan 2025 yilning aprel oyidan bo`limga 2-darajali adliya maslahatchisi – Yusupbayeva Altingul Kenesbayevna rahbarlik qilmoqda.
Do'smatov Jasurbek Umidjon o'g'li-yetakchi mutaxassis
Normuhamedova Ozodahon Shuhrat qizi--yetakchi mutaxassis
Bo`limning asosiy vazifalari:
Institutda qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlatishni ta’minlash;
o‘quv jarayonida o‘quv dasturlarga rioya etilishini ta’minlash;
o‘quv mashg‘ulotlar jadvallarini tuzish;
o‘quv mashg‘ulotlarning hisobini yuritish;
Institutda o‘qitiladigan fan va mavzular bo‘yicha imtihon, sinov va test savollarini tayyorlanishini ta’minlash;
Tinglovchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish o`quv kurslariga qabul qilish bilan bog`liq hujjatlarni tayyorlanishini ta’minlash;
tashkil etilgan tinglovchilar guruhi bo`yicha buyruq loyihasini tayyorlash va o`rnatilgan tartibda tasdiqlatish;
Institutga qayta tayyorlash va malaka oshirishga kelgan tinglovchilarga yo`riqnomalar berish;
o`quv guruhi jurnallarini tuzish;
o`quv mashg`ulotlarning dars jadvallariga muvofiq o`tkazilishini ta’minlash;
tinglovchilarning o`quv mashg`ulotlarda qatnashishlarini nazorat qilish;
o`quv mashg`ulotlarini o`quv vositalar bilan ta’minlash;
yakuniy imtihon yoki sinov qaydnomalarini tayyorlash;
tinglovchilarga bog`liq bo`lgan tegishli buyruqlar bilan ishlash;
qayta tayyorlash va malaka oshirish o`quv kurslarini tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlarni (guvohnoma, diplom, ma’lumotnoma) tayyorlash.
Bo`limning telefon raqami: + 99871 234-54-30.