+998 55 518 57 77

Institutda ochiq muloqot tashkil etildi

24.04.2026 66

Institut direktori Y. Kanyazov tomonidan an’anaviy guruh tinglovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuv davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o‘quv jarayoni, amaliy mashg‘ulotlar hamda kasbiy rivojlanish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Ochiq muloqot samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, ishtirokchilarga o‘z tajriba va qarashlarini erkin bayon etish imkonini berdi.

Uchrashuv yakunida tinglovchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar kelgusidagi o‘quv jarayonini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.