+998 55 518 57 77

Institut va YUNESKO vakillari o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

23.07.2026 67

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi amaldagi hamkorlik aloqalari sarhisob qilinib, yuridik ta’limni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro tajribalarni o‘quv jarayoniga joriy etish hamda malaka oshirish yo‘nalishlarida istiqboldagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, yuridik ta’lim sifatini oshirish, qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlar, seminar va treninglarni tashkil etish, shuningdek xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.