+998 55 518 57 77

Olti oylik kurslarga qabul boshlanmoqda!

10.04.2026 110

Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlanmoqda. 

Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin. 

Hujjatlarni qabul qilish 13-apreldan 13-mayga qadar (shu kuni ham) qabul.minjusttraining.uz sayti orqali amalga oshiriladi. 

Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.

Qabul kvotasi: 100 nafar (faqat o'zbek guruhi uchun);

to‘lov-kontrakt miqdori: 17 003 252  so‘m.

Bitiruvchilarga diplom berilib, yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

 55 518-57-77 (ichki raqam 9)