+998 55 518 57 77

Institut jamoasi uchun Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi

12.10.2026 67

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rahbariyati hamda xodimlari ishtirokida ichki turizmni rivojlantirish, mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish va jamoada hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi.

Qariyb 50 nafar ishtirokchini birlashtirgan safar davomida xodimlar Buxoroning tarixiy obidalari va me’moriy yodgorliklari bilan tanishib, shaharning ko‘p asrlik tarixi, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqidagi bilimlarini boyitdilar.

Sayohat ishtirokchilarga milliy me’morchiligimizning o‘ziga xos jihatlari, ajdodlarimizning bunyodkorlik an’analari hamda madaniy merosimizni asrab-avaylashning ahamiyatini yanada chuqurroq anglash imkonini berdi.

Shuningdek, safar davomida hamkasblar o‘rtasidagi samimiy muloqot va birgalikdagi madaniy hordiq jamoada o‘zaro hurmat, hamkorlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.

Mazkur sayohat xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda kelgusi faoliyati uchun ijobiy kayfiyat va yangi kuch-g‘ayrat bag‘ishlashi bilan ahamiyatli bo‘ldi.