Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Y. Kanyazov va hududiy adliya organlari rahbarlarining o‘rinbosarlari hamda Institut tarkibiy bo‘linmalari O‘zbekiston milliy terma jamoasining uchrashuvini birgalikda tomosha qilib, futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuv davomida sportga xos hayajon, g‘alabaga bo‘lgan ishonch va yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarga nisbatan faxr tuyg‘usi barchani birlashtirdi.
Bu nafaqat sport musobaqasi, balki hamjihatlik, jamoaviylik va Vatanga sadoqatning yorqin namunasiga aylandi. Bu jarayonda millionlab yurtdoshlarimizning ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi mujassam.
Birgalikda qo‘llab-quvvatladik. Birgalikda faxrlandik. Birgalikda g‘alaba sari ishonch bilan odimlamoqdamiz!
|
|
|
![]() |
![]() |






