+998 71 200 02 35

Tayinlov

24.04.2025 328

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Xursanov Rustam Xolmuratovich Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Xursanov Rustam 1975-yilda tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent davlat yuridik institutining bakalavriat, 2003-yilda esa magistratura bosqichini tamomlagan. Yuridik fanlar doktori, dotsent, 2-darajali adliya maslahatchisi hisoblanadi.

U mehnat faoliyatini 1992-yilda Surxondaryo viloyati 30-hunar-texnika bilim yurti g‘aznachisi lavozimidan boshlagan. 

1994–2003-yillar davomida turli tashkilotlarda boshqaruv lavozimlarida, 2003-2010-yillarda Oʻzbektelekom aksiyadorlik kompaniyasida bosh yuristkonsult, 2010-2020-yillarda Raqamli texnologiyalar vazirligida yuridik boʻlim boshligʻi lavozimi, 2020-yil-2024-yillarda Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Xursanov Rustam Xolmuratovich Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Institut jamoasi Xursanov Rustam Xolmuratovichni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi!