Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Maxmudov Firuz Baxtiyor o‘g‘li O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktorining ilmiy ishlar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
F.Maxmudov 1993-yil Qashqadaryo viloyatida tug’ilgan. 2016-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat, 2018-yilda mazkur universitetning magistratura bosqichini tugatgan. Yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 1-darajali yurist.
F.Maxmudov mehnat faoliyatini 2016-yilda Toshkent davlat yuridik universitetida boshlagan. 2018-2022-yillarda Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi boʻlim boshligʻi, direktor oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
F.Maxmudov 2022-yildan buyon Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi direktori v.v.b. lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Instiut jamoasi Maxmudov Firuz Baxtiyor o‘g‘lini ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va muvaffaqiyat tilaydi!



