Рус
Eng
Узб
IV. MARKAZ  KAFEDRA VA BO‘LIMLARI

Markazda Ilmiy kengash va quyidagi beshta kafedra faoliyat ko‘rsatadi:
1. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
2. Xalqaro-huquq va inson huquqlari kafedrasi
3. Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi
4. Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi
5. Davlat – huquqiy fanlar kafedrasi

ILMIY KENGASh

Markaz faoliyatining eng muhim masalalarini hal etish maqsadida Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatadi.
Ilmiy kengashning asosiy vazifasi quyidagilar hisoblanadi:
- zamonaviy pedagogik texnologiyalar va kompyuterlashtirish yordamida huquqshunoslarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni ta’minlash;
- o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rejalarini va professor o‘qituvchilarning malaka oshirish masalalarini muhokama etish;
- ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish;
- huquqshunos kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar, institut va markazlar bilan aloqalar o‘rnatish;
-  Markaz tinglovchilari uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish masalalarini ko‘rib chiqish va boshqa shu kabilar.

O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYaT QURISh NAZARIYaSI VA AMALIYoTI KAFEDRASI

Kafedrada hozirda 2 nafar fan doktori, 1 nafar yuridik fanlari nomzodi, 1 nafar filologiya fanlari nomzodi, 1 nafar katta o‘qituvchi faoliyat olib borishmoqda.  Kafedra mudiri –yuridik fanlari nomzodi, dotsent A.Latifov.
Kafedrada  “Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining shakllantirilishi va faoliyat ko‘rsatishining huquqiy asoslari”, “Jamiyatni demokratlashtirish, yangilash va qayta isloh qilish, huquqiy madaniyat, yuridik fanlarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar” kabi yo‘nalishlar doirasidagi dolzarb mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.
So‘ngi yillarda kafedra xodimlari tomonidan bir qator ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy ishlar nashr qilindi, jumladan:
1. A. Latifov. Parlamentskoe pravo: voprosы teorii i praktiki. -T.: 2005. 280-b.
2. S.Hasanov va boshqa mualliflar. Xorazm ma’mun akademiyasining olis–yaqin yulduzlari. - T.: 2005. 348-b.
3. S.Hasanov va boshqa mualliflar. Demokratik jamiyat qurishda kuchli ijtimoiy himoya va adolat tamoyillari. - T.: 2006. 60 b.
3. V.Alimasov.  “Konfutsiylik va sharq davlatchiligi.  - T.: 2006. 54 b.
4. S.Olimov va boshqalar. Ma’naviyat va ma’rifat ishi.  - T.: 2006. 132 b.

XALQARO-HUQUQ VA INSON HUQUQLARI KAFEDRASI

Kafedrada 6 nafar professor – o‘qituvchi bo‘lib, ulardan 2 nafari yuridik fanlar nomzodi, 1 nafar filologiya fanlar nomzodi, 3 nafar katta o‘qituvchi faoliyat olib boradi.
Kafedra mudiri – yuridik fanlari nomzodi, dotsent  B. Ismailov.  
Kafedrada quyidagi dolzarb mavzular  bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi:  
1. “Xalqaro huquqda odil sudlovga oid standartlar va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi”;
2. “Xalqaro gumanitar huquq  asoslari”;
3. “Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashning huquqiy asoslari”;
4. “Huquqni muhofaza etuvchi idoralar faoliyatida xalqaro shartnomalar talablarining o‘rni va ahamiyati”;
5. “Inson huquqlari xalqaro huquqi va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi: o‘zaro munosabat nazariya va amaliyoti”;
6. “O‘zbekiston milliy qonunchiligini yaratishda qiyosiy huquqshunoslikning o‘rni va roli”;
7. “Ko‘chmas mulkning huquqiy holati”;
 8. “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning asosiy qoidalari, yangiliklar va o‘zgarishlar”;
9. “Sudlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni;
10. “Sudlar tizimini takomillashtirish”
11. “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolar murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni;
12. “Odil sudlovga oid xalqaro andozalar va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi”
13. “Xalqaro huquqda aholining huquqiy maqomi”;
14. “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha xalqaro-huquqiy shartnomalarning huquqiy maqomi”;
15. “Davlat xizmatchilari faoliyatida xalqaro shartnomalarning o‘rni va ahamiyati”;
16. “Xalqaro huquqda davlat xizmatchilari faoliyatini tartibga solib turuvchi xalqaro-huquqiy shartnomalarning huquqiy maqomi”;
17. “Zamonaviy huquqiy tizimlar”;
18. “Qiyosiy huquqshunoslik va hozirgi huquqiy tizimlar”;
19. “Sud huquq islohotlari jarayonida “Sud tizimini takomillashtirish” muammolari” va hok.
 Kafedrada  ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy ishlar olib boriladi. So‘nggi yillarda quyidagi  adabiyotlar nashrdan chiqarildi.
1. B.I.Ismailov. “Resursnыy paket po pravam rebyonka”-T.: YuNISEF. 2006. 872s. (elektron versiya).
2. B.I.Ismailov. K.Mamurov.  “Bolalar huquqlari bo‘yicha resurs paketi” -T.: YuNISEF.2006.897s. (elektron versiya).
3. B.I.Ismailov. “Pravovыe aspektы sotsialno-pravovoy zashitы nesovershennoletnix ot vrednogo vozdeystviya informatsionnoy sredы //Reformы v sisteme sotsialnoy zaщitы detey”  2006. - S.83-88.

JINOIY-HUQUQIY FANLAR KAFEDRASI

Hozirda Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasida 2 nafar fan doktori,
1 nafar yuridik fanlari nomzodi, 5 nafar katta o‘qituvchi faoliyat olib borishmoqda.   
Kafedra mudiri - yuridik fanlari nomzodi, dotsent A.Davletov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, ikki ilmiy monografiya, bir oliy o‘quv yurtlari uchun darslik  (”Prokurorskiy nadzor”), o‘ndan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 50 dan ortiq ilmiy-amaliy xarakterdagi maqolalar muallifi.
Kafedra jinoyat huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, prokuror nazorati, jinoyat- ijroiya huquqi, kriminologiya va kriminalistika hamda sudlarda ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ishlarni ko‘rish amaliyoti bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari va ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan har bir fan bo‘yicha alohida dasturlar tayyorlanib, ularda nazarda tutilgan mavzular asosida o‘qiladigan ma’ruzalarning qisqacha matni ishlab chiqilgan.
2007 yil yanvar oyidan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari va ularga tenglashtirilgan harbiy sudlar va sudyaligiga nomzodlar guruhi uchun 2 oylik maxsus kursning o‘quv va 1 oylik amaliyot, jami uch oylik dasturi ishlab chiqildi.
2006-2007 o‘quv yilining birinchi yarim yillik davrida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yuridik fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan 5 ta dissertatsiya ishi, yuridik fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan 1 ta dissertatsiya ishi o‘rganilib, Markaz Ilmiy Kengashida fikr bildirildi va taqriz berildi.
Kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan har bir fan bo‘yicha (jinoyat huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, prokuror nazorati, kriminologiya, jinoyat-ijroiya huquqi) tayyorlangan imtihon savollari, test savollari mavjud, ulardan imtihon va sinovlarda foydalanilmoqda. Referatlar mavzulari ham ishlab chiqilgan.
Kafedra xodimlari tomonidan ilmiy  va o‘quv-uslubiy ishlar  muntazam ravishda tayyorlanib chop etilmoqda. Xususan, kafedra mudiri A.Davletovning “Jinoyat protsessida tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini dalil sifatida foydalanish va rasmiylashtirish tartibi” mavzusidagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi nashrga  tayyorlanmoqda, “Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish” mavzusidagi o‘quv-uslubiy qo‘llanma Markazning Ilmiy kengashi muhokamasiga taqdim etilgan.
2006-2007 o‘quv yilining birinchi yarim yilligida huquqiy jurnal va gazetalarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 19 ta maqola chop etildi.

FUQAROLIK-HUQUQIY FANLAR KAFEDRASI

Bugungi kunda Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasida 1 nafar fan doktori, 2 nafar yuridik fanlari nomzodi, 7 nafar katta o‘qituvchi faoliyat olib borishmoqda.   
Kafedra mudiri - yuridik fanlari nomzodi, dotsent I.Anortoev.
Kafedrada Fuqarolik huquqi va protsessi, Xo‘jalik huquqi va protsessi, Xo‘jalik huquqi, Oila huquqi, Mehnat huquqi, Tadbirkorlik huquqi, Soliq huquqi, Bojxona huquqi, Yer huquqi, Ekologiya huquqi bo‘yicha  o‘quv kurslari o‘qitiladi.
So‘ngi yillarda kafedra ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha bir qator natijalarga erishdi, jumladan:
Kafedra katta o‘qituvchisi A.Muxammadiev 2006 yilning                              12 sentyabrida Toshkent Davlat yuridik instituti qoshidagi Ixtisoslashgan kengashda “Bozor munosabatlari sharoitida fuqarolik huquqi tamoyillarining amal qilishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
    Kafedra a’zosi yuridik fanlari doktori, professor  O.Oqyulov                tomonidan 2006 yilda respublika nashrlarida “Demokratiya yetukligining huquqiy negizi”, “Konstitutsiya Respubliki Uzbekistan i problema sovershenstvovanii pravo intellektualnoy sobstvennosti” mavzusidagi maqolalari,  ”Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni import qilishning huquqiy masalalari” mavzusidagi monografiyasi nashrdan chiqdi.   
    Kafedra a’zosi R.Haqberdieva tomonidan “Konstitutsiya va meros huquqi” mavzusida, M.G‘ulomova tomonidan “Mustaqil sud hokimiyatining tashkil topishi huquqiy davlat qurishning zarur sharti” mavzusidagi maqolalar nashrdan chiqarildi.

DAVLAT – HUQUQIY FANLAR KAFEDRASI

Davlat – huquqiy fanlar kafedrasida 4 nafar fan doktori, 3 nafar yuridik fanlari nomzodi faoliyat olib boradi.   
Kafedra mudiri -  profesor X.Boboev, yuridik fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
Kafedrada Davlat va huquq nazariyasi muammolari, Davlat va huquq tarixining xozirgi zamon muammolari, Konstitutsiyaviy huquq muammolari, Siyosiy – huquqiy ta’limot tarixi, ma’muriy javobgarlik bo‘yicha qonunlarni takomillashtirish muammolari bo‘yicha o‘quv kurslari o‘qitiladi.
Kafedraning o‘quv jarayoniga yuridik fanlar doktori, professor Sh.Ro‘zinazarov, yuridik fanlar nomzodlari, dotsentlar M.Mirxamidov, X.Nazarov, S.Xodjaeva kabi olimlar  jalb qilingan.
Kafedrada O‘zbekistonda davlatchilik va qonunchilikning tarixiy – nazariy muammolari, yuristlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish muammolari, yuristlarni mahorati va malakasini oshirish masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiq ishlari olib brilib, oxirgi yillarda kafedra bir qator  ishlar nashr qilindi, jumladan:
1.    Boboev H.B. Davlat va huquq nazariyasi,  Darslik. T., 2005 y.
2.    Boboev H.B. Siyosiy – huquqiy ta’limotlar T., 2003 y.,
3.    Boboev H.B. Politologiya asoslari T., 2003 y.
4.    Boboev H.B. Inson huquqlari T., 2004 y.
5.    Boboev H.B. Avesto – sharq halqlari bebaho yodgorligi, T., 2004y.
6.    Boboev H.B. Alisher Navoiy buyuk davlat arbobi, T. 2004 y.
7.    Boboev H.B. Amir Temur va temuriylar saltanati, T., 2001 y.
8.    Boboev H.B.O‘zbekistonda siyosiy – huquqiy ta’limotlar tarixi, T., 1998 y.,
9.    Boboev H.B. Temur qissasi T., 2004 y.
10.    Boboev H.B. Amir Temur Kuragoniy. Zafarnoma, 2005 y.  O‘zbek davlatchiligi tarixi (1-kitob) “Fan”, 2004 y.
11.    Nazarov X. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish T. 2001, 2003, 2006 y.y. (o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida).

Shuningdek, RYuMOM da quyidagi bo‘limlar faoliyat ko‘rsatadi:
1.    O‘quv uslubiyot bo‘limi
2.    O‘quv-axborot va kompyuter bo‘limi
3.    Nashriyot bo‘limi
4.    Kutubxona
5.    Buxgalteriya va xo‘jalik bo‘limi


O‘QUV - USLUBIYoT BO‘LIMI


O‘quv-uslubiyot bo‘limi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- Markazda o‘quv jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida tashkillashtiradi va Markaz kafedralari hamda bo‘limlarini ta’lim hujjatlari bilan ta’minlaydi;
- Markazda o‘quv jarayonini va o‘qitish sifatini takomillashtirish ishlarini olib boradi;
- Markazda o‘quv jarayonini rejalashtiradi va tashkil etadi;
- Kafedralar bilan birgalikda tinglovchilar guruhlariga mo‘ljallangan o‘quv-tematik rejalar ishlab chiqadi va mazkur rejalar asosida tinglovchilar uchun o‘quv jadvallarini tuzadi;
- Markaz kafedralari va bo‘limlarini o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarda erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtiradi va o‘quv jarayoniga tadbiq qiladi;
- O‘quv jarayoni bilan bog‘liq me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimo takomillashtirib boradi;
- Markaz o‘quv jarayonini rivojlantirish maqsadida istiqbolli rejalar ishlab chiqib Ilmiy kengashga tavsiya qiladi;
- Boshqa bo‘limlar bilan birgalikda yangi ilmiy pedagogik texnologiyalar va texnik vositalarni o‘quv jarayoniga tadbiq qiladi;
- Markaz kafedralari bilan o‘quv rejalarini va ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda xamkorlik qiladi;
- Markaz kafedralariga o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash bo‘yicha takliflar beradi;
- Markaz kafedralaridagi laborantlarga o‘quv jarayonini tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar beradi.
O‘quv-uslibiyot bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib muayyan ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish va o‘tkazishda O‘zbekiston qonunchiligidagi o‘zgarishlar va yangiliklarni chuqur o‘rganishga katta e’tibor qaratildi. Bo‘lim tomonidan tinglovchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida qatnashishi, dasturlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan talab kuchaytirilib, ular tomonidan tanlangan mavzular bo‘yicha referatlar yozish joriy qilindi. Imtihon va sinovlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, shuningdek, tajribali amaliyot xodimlarining ishtirok etishlari ta’minlanmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlarini namunali o‘zlashtirgan tinglovchilarni  taqdirlash, talab darajasida o‘zlashtirmagan tinglovchilarning ish joyiga belgilangan tartibda yozma xabar qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.  



O‘QUV-AXBOROT VA KOMPYuTER BO‘LIMI
    
Mashg‘ulotlarning zamonaviy texnik vositalar yordamida olib borilishi, tinglovchilarning elektron axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va bu borada elektron dasturlarni ishlab chiqish hamda yangilab borish, barcha texnik jihozlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash, kompyuter sinflarida testlarni tashkillashtirish va natijalarni umumlashtirish kabi hamda boshqa bir qator vazifalar Markazning O‘quv-axborot va kompyuter bo‘limiga yuklatilgan bo‘lib, bo‘lim tomonidan bugungi kunga qadar bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Markaz kutubxonasi uchun elektron adabiyotlar dasturi ishlab chiqilib ishga tushirildi. Hozirda elektron adabiyotlar sonini ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, kafedralar bilan hamkorlikda Markaz professor-o‘qituvchilarining elektron lektsiyalar dasturi ishlab chiqilib, o‘zbek va rus tillaridagi lektsiyalar jamlandi. Ushbu qulaylik mashg‘ulotlarni talab darajasida o‘zlashtira olmagan tinglovchilarda o‘z ustida qayta ishlash imkoniyatini vujudga keltirdi.   
Kafedra laborantlarini “Norma” huquqiy dasturini puxta o‘zlashtirishi maqsadida O‘quv-axborot va kompyuter bo‘limi tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, mazkur bo‘limga Markazning rasmiy veb-sahifasini yuritish va yangilash vazifasi ham yuklatilgan.

NAShRIYoT BO‘LIMI

Markazda nashriyot bo‘limi mavjud. Mazkur bo‘lim huquqshunoslikka oid ilmiy va ilmiy-ommabop risolalar, monografiyalar, o‘quv dasturlari, uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruzalar matnlarini chop etadi va Markaz tinglovchilariga, shuningdek, professor-o‘qituvchilarga tarqatib boradi.
So‘nggi uch yil mobaynida nashriyot tomonidan 20 ga yaqin o‘quv dasturlari nashr qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi muammolari, Hozirgi zamon davlati va huquq nazariyasi muammolari, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanlari bo‘yicha dasturlari, Jinoyat, Mehnat, Oila, Fuqarolik, Fuqarolik protsessual, Xo‘jalik va tadbirkorlik huquqi, Inson huquqlari,  Xalqaro gumanitar Xalqaro ommaviy huquq fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari,  shular jumlasidandir.
Markazda har bir professor – o‘qituvchi o‘zining ma’ruza matnlari, shuningdek, o‘quv dasturlarini nashrdan chiqarishi mumkin.   

MARKAZ KUTUBXONASI

Tinglovchilar va xodimlarga o‘z bilim va saviyalarini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida kutubxona tashkil qilingan. Markaz kutubxonasi kitoblar fondi va o‘qish zalidan iborat. O‘qish zali kompyuterlar bilan jihozlangan bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida 50 dan ortiq  kishi shug‘ullanishi  mumkin.  
Kutubxona fondini hozirda o‘zbek va rus tillaridagi ikki mingdan ortiq  kitob va o‘quv qo‘llanmalari tashkil etadi va bu ko‘rsatkich muntazam ravishda o‘sib bormoqda. Markazning kitoblar fondi quyidagi sohalarga oid adabiyotlarni o‘z ichiga oladi:
Konstitutsiyaviy huquq, Jinoyat va jinoyat protsessual huquqi, Fuqarolik va fuqarolik protsessual huquqi, Xo‘jalik va xo‘jalik protsessual huquqi,  Xalqaro huquq, Inson huquqlari, Davlat va huquq asoslari, Mehnat huquqi, Ma’muriy huquq, Soliq va bojxona huquqi, Qonun va kodekslarga sharhlar, Xotin-qizlar huquqlari va gender tengligi, O‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlar to‘plamlari, Yuridik va jismoniy shaxslar huquqlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, jurnallar va yangi brashuralar va hok.
Shuningdek, kutubxona foydalanuvchilari O‘zbekiston Respublikasining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, sud-huquq, madaniy va ma’naviy hayoti sohalaridagi yangiliklarni yoritadigan gazeta va jurnallardan ham foydalanish imkoniyatiga ega.
Bundan tashqari, kutubxonada  har xil janrdagi ommabop kitoblar, jumladan, huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy, tarixiy va badiiy mavzulardagi adabiyotlar mavjud.

Markazda tinglovchilar hamda xodimlarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida tibbiy xizmat ko‘rsatish xonasi hamda oshxona tashkil qilingan.